Markaziy yarim himoyachi Ayyub Buaddi rasmiy ravishda «Lill»dan «Manchester Siti»ga o'tdi. Bu haqda «shahar» matbuot xizmati ma'lum qildi.
Marokashlik futbolchi «Manchester Siti» bilan 2031 yilgacha shartnoma imzoladi. 18 yoshli iste'dod yangi jamoada 32-raqam ostida maydonga tushadi.
Buaddi 2023 yildan beri «Lill»da o'ynagan. Fransuz jamoasi safida u barcha musobaqalarda 96 o'yin o'tkazdi, lekin hech qanday gol urmagan. Biroq, yarim himoyachining hisobida to'rt golli uzatma mavjud.
Aytishlaricha, Buaddi xaridi «Manchester Siti»ga 95 million evroga tushgan, buning ustiga besh million evro bonus sifatida qo'shilgan.
