Londonning «Tottenhem» jamoasi «Nottinhem Forest» himoyachisi Neko Uilyamsni qo'shib olish imkoniyatini ko'rib chiqmoqda. Bu haqda BBC Sport xabar bermoqda.

Xabarga ko'ra, «shporlar» Djed Spensning milanlik «Inter»ga o'tishi ortidan universal himoyachi izlamoqda. Biroq, «o'rmonchilar» Uilyamsni «Tottenhem»ga yuborishga tayyor emaslar va uning 2029 yil yozida muddati tugaydigan shartnomasini yangilamoqchi.

Hozirgi mavsumda 25 yoshli Uilyams ikki o'yinda qatnashdi va natijali harakatlar bilan ajralib turmadi. Transfermarkt internet portalining mutaxassislari ularning qiymatini 28 million evro deb baholamoqda.