«Barselona»ning qanot himoyachisi Alejandro Balde transfer oynasi tugashidan oldin jamoani tark etishi mumkin. Ushbu ma'lumotni insayder Nikolo Skira e'lon qildi.

Manbaga ko'ra, 22 yoshli ispanga «Manchester Yunayted» qiziqish bildirmoqda. Kelgusi soatlar ichida ingliz gigantining vakillari va futbolchining agenti Jorje Mendes bilan to'g'ridan-to'g'ri muzokaralar o'tkazilishi kutilmoqda.

Esimizda bo'lsin, Balde yangi mavsumning birinchi o'yinida «Elche»ga qarshi (5:0) maydonga tushmadi. Kataloniyaliklarning bosh murabbiyi Hans-Diter Flick futbolchini ro'yxatga kiritmadi.

Ispan futbolchisi bilan «Barselona» o'rtasidagi amaldagi shartnoma 2028 yilgacha mo'ljallangan. Transfermarkt portali futbolchini 50 million evroga baholamoqda.