Yarim himoyachi «Manchester Siti» Niko Gonsales «Nyukasl»ga o'tishga yaqin.

Mashhur insayder Fabrizio Romano xabar berishicha, ispaniyalik futbolchi yangi klubiga tibbiy ko'rikdan o'tish va shartnoma imzolash uchun yetib keldi. Transferning umumiy qiymati 50 million funtni tashkil etishi mumkin. «Nyukasl» Gonsales uchun 47 million funt to'laydi, yana uch million funt bonus sifatida berilishi rejalashtirilgan.

Bugun «Nyukasl» va «Manchester Siti» transferni rasmiylashtirish uchun zarur hujjatlarni almashishdi. Tibbiy ko'rikdan so'ng, futbolchiga yangi klub bilan shartnoma imzolash qoladi.