Kataloniyaning «Barselona» klubining yarim himoyachisi Mark Kasado Angliya Premyer Ligasi klublari orasida talabga ega. Buni Mundo Deportivo Guardian manbalariga tayanib xabar bermoqda.

O'yinchining transferi bo'yicha muzokaralarni «Sanderlend» boshlagan. Shuningdek, Kasadoga Nyukasl, Aston Villa va Brayton kabi bir nechta APL klublari ham qiziqmoqda. Bundan tashqari, yarim himoyachining Saudiya Arabistoni chempionatida ishga joylashish imkoniyatlari bor, lekin Mark evropada futbol o'ynashni afzal ko'rmoqda.

O'tgan mavsumda Ispaniyaning La Ligasida 22 yoshli yarim himoyachi 24 ta o'yinda maydonga tushdi. Kasado bitta golli uzatmani amalga oshirdi va sariq kartochka oldi.