Argentinalik milliy jamoa yarimhimoyachisi va Londondagi Chelsi futbolchisi Enzo Fernandez «Manchester Siti»ga o'tishi mumkin.
Fabrizio Romano tomonidan ijtimoiy tarmoqlarda e'lon qilingan ma'lumotlarga ko'ra, yulduz yarimhimoyachi «shahar» jamoasiga o'tishga rozilik bergan. «Manchester Siti» rahbariyati Fernandezning transferi uchun rasmiy taklif tayyorlamoqda.
Avvalroq, poytaxt klubi argentinalik futbolchini sotishdan 140 million evro olishni maqsad qilgani haqida xabar berilgan edi.
O'tgan mavsumda yarimhimoyachi 54 uchrashuvda qatnashdi. Futbolchi 15 ta gol urdi va 7 ta golli uzatmalar amalga oshirdi.
