Londondagi Chelsi hujumchisi Liam Delap yaqin kelajakda «Nottingem Forest» jamoasiga o'tishi mumkin. Bu haqda mashhur insayder Nikolo Skira xabar bermoqda.

Manbaning ma'lumotlariga ko'ra, «o'rmonchilar» 23 yoshli hujumchi uchun 50 million evro to'laydi. Agar shartnoma muvaffaqiyatli amalga oshsa, Delap «Nottingem Forest» bilan 2031 yilgacha mehnat shartnomasini imzolashi kutilmoqda.

Eslatib o'tamiz, «Chelsi» Delapni o'tgan yozda sotib olgan edi. «Ko'klar» safida 23 yoshli futbolchi barcha musobaqalarda 47 uchrashuvda qatnashib, uchta gol urdi va beshta golli uzatmani amalga oshirdi.

Transfermarkt portaliga ko'ra, ingliz futbolchisi bozor qiymati 28 million evroni tashkil etadi.