«Marsel»ning qanot o'yinchisi Igor Payshao Londondagi «Arsenal»ning qiziqish doirasiga tushdi.
«Kanonirlar» Gabriel Martinellini «Al-Hilal»ga sotishga yaqin va bir nechta o'rinbosar variantlarini ko'rib chiqmoqda. «Arsenal» Radar xabariga ko'ra, Payshao ingliz grandi uchun bozor variantlaridan biri. Transfermarkt portaliga ko'ra, 26 yoshli «Marsel» futbolchisi qiymati 35 million evroga baholangan.
Igor Payshaoning «provensalchilar» bilan shartnomasi 2030 yilgacha davom etadi. O'yinchi Fransiya jamoasi bilan jami 43 o'yin o'tkazib, 12 gol urgan va sakkiz golli uzatma bergan.
