Angliya Premer-ligasiga qaytganidan so'ng birinchi o'yinda katta hisobda mag'lub bo'lganiga qaramay, «Koventri» kapitani Mett Grimz mavsum yaxshiroq o'tishini ishonch bilan aytdi.

«Bizning mavsumimiz bunday joylarga kelib, mag'lubiyatlarga uchrashimiz bilan belgilanmaydi — bunday raqiblarga qarshi o'ynash har doim qiyin bo'ladi», - deya Mett Grimzning so'zlarini BBC Sport keltirmoqda.

Ma'lumki, «Koventri» Angliya futbolining eng yuqori ligasidan 25 yil davomida chetda qolgan. Mavsumning keyingi turida «Koventri» boshqa bir «qaytuvchi» — «Xall Siti»ni qabul qiladi. Bu 29-avgustda bo'lib o'tadi.