«Inter» rasmiy saytida Kortis Jonzning o'z safiga o'tishi haqida e'lon qildi. Futbolchi «Liverpool»dan «nerazzurri» safiga o'tdi, u shu klub tarbiyasidan o‘tgan.

25 yoshli Jonz «Inter» bilan besh yillik shartnoma imzoladi – 2031 yilning o'rtalarigacha.

Matbuot ma'lumotlariga ko'ra, Kortis Jonzning transferi 30 million yevro atrofida bo'lgan.

«Liverpool»ning asosiy jamoasi safida Jonz 228 ta rasmiy o'yin o'ynab, 22 gol urdi va 25 ta golli uzatmalar berdi.

Shanba, 22-avgust kuni «Inter» Italiya chempionatining birinchi turida «Monza»ni qabul qiladi.