Avvalgi «Arsenal» futbolchisi Aleksandr Gleb Evro-Futbol.Ru tarmog‘iga bergan eksklyuziv intervyusida Londondagi klubning 2026/27 yilgi mavsumdagi istiqbollari haqida fikr bildirdi.
«Arsenal» — APLda chempionlik uchun asosiy favorit. O‘tgan mavsum yaxshi o‘tdi, hozir yangi mavsumni trofey bilan boshlashdi va yangi o‘yinchilarni sotib oldi. Jamoa mavsumga yaxshi kayfiyatda kiryapti. Ular so‘nggi 3-4 yil ichida APLda asosiy favoritlar. Hozirda Artetaning qo‘lida dunyodagi eng yaxshi jamoalardan biri bor. Ular yangi mavsumga katta ishtiyoq bilan kirishyapti. APL va LCHni yutish maqsadini qo‘yish mumkin.
Bugun, 21-avgustda, «Arsenal» APLning birinchi turida o‘z maydonida «Koventri»ga qarshi o‘ynaydi.
