«Aston Villa» hujumchisi Olli Uotkins saudiya «Al-Hilal»da faoliyatini davom ettirishni xohlaydi.

The Athletic ma'lumotlariga ko'ra, ingliz futbolchisi Birmingem klubining rahbariyatiga Saudiya Arabistoniga ko'chish istagini bildirdi. «Al-Hilal» hujumchi uchun taxminan 45 million funt sterlinglik to'rtinchi taklifini yuborgan, ammo «Aston Villa» uni rad etdi.

Uotkins 2020 yildan beri «Aston Villa»da o'ynaydi, avval esa «Brentford»dan kelgan. Birmingem jamoasi safida u barcha musobaqalarda 278 o'yin o'tkazib, 108 gol urdi va 47 golli uzatma berdi. Uning amaldagi shartnomasi 2028 yil yozigacha davom etadi va futbolchining bozor qiymati 25 million evroga baholanmoqda.