«Manchester Siti» vinger transferi ustida ish olib bormoqda. The Athletic xabariga ko'ra, «shaharchilar» «Palmeiras»dan Allan Eliasni sotib olish bo'yicha kelishuv ustida ishlamoqda.
Allan Elias Savinyoni almashtirishi mumkin – bu brazilyalik futbolchi «Tottenhem»ga o'tishga yaqin.
Biroq, xabarda ta'kidlanishicha, «Palmeiras» bu yozda Allanini sotishga niyat qilmayapti. Braziliya klubidagi manbalar anonim shartlarda 22 yoshli futbolchining shartnomasida 100 million evro miqdorida sotib olish opsiyasi mavjudligini ma'lum qildi.
Allan Elias «Palmeiras»ning tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. O'tgan yili va qish oylarida bu futbolchi «Zenit», «Napoli» va boshqa bir nechta klublar bilan bog'langan edi.
