Markaziy himoyachi «Chelsi» Aksel Disasi yaqin orada «Kristal Pelas»ga ijaraga o'tishi mumkin. Bu haqda RMC Sport xabar bermoqda.

Manbaning ma'lumotlariga ko'ra, klublar 28 yoshli futbolchini ijaraga olish bo'yicha kelishuvga erishgan, ammo sotib olish opsiyasi yo'q. Hozirda «qushlar» fransuzning vakillari bilan muzokaralar olib bormoqda.

O'tgan mavsumning ikkinchi qismida Disasi «Vest Hem»da o'ynadi. «Molotoboychilar» safida u 17 uchrashuvda qatnashib, bitta gol urdi.

Disasining «Chelsi» bilan mehnat shartnomasi 2029 yilgacha mo'ljallangan. Transfermarkt portaliga ko'ra, himoyachining bozor qiymati 15 million evroni tashkil etadi.