Italiyaning «Komo» klubining qanot o'yinchisi Assane Diao APLning ikki klubining e'tiboriga tushdi. Bu haqda taniqli jurnalist Nikolo Skira ma'lum qildi.
Manbaning ma'lumotlariga ko'ra, «Komo» 20 yoshli senegallik o'yinchisini qo'yib yubormoqchi emas va uning uchun takliflarni faqat 60 million evro atrofida ko'rib chiqishi mumkin. Shu bilan birga, Transfermarkt ma'lumotlariga ko'ra, o'yinchining bozor qiymati 30 million evro — ya'ni ikki baravar kam.
O'tgan yil yanvarida «Komo» Diaoni «Betis»dan 12 million evroga sotib olgan edi. O'sha vaqtdan beri o'yinchi 35 uchrashuvda maydonga tushdi, 10 marta raqiblarining darvozasini ishg'ol qilib, ikki assistga mualliflik qildi.
