Londondagi Arsenal» Yuventusning hujumchi yarimhimoyachisi Kenan Yildizga qiziqishini davom ettirmoqda. Turkiyalik futbolchini qo'lga kiritishga «kanonirlar» bosh murabbiyi Mikel Arteta juda qiziqmoqda, deya xabar bermoqda jurnalist Sasha Tavoriy. Manbaga ko'ra, ingliz klubi qat'iy niyatda bo'lib, yaqin kunlarda «qadimgi sinyora» bilan transferni muhokama qilish uchun bog'lanmoqchi.

Kenan Yildizning Transfermarkt portalidagi bahosi 75 million evro. O'tgan mavsumda 21 yoshli futbolchi «biyankoneri» safida barcha turnirlarda 47 o'yinda 11 gol urib, 10 golli uzatma bergan.