«Manchester Yunayted» va Bruno Fernandes hali yangi shartnoma shartlari bo'yicha kelisha olishmadi.

31 yoshli futbolchi yaqinda «qizil iblislar» taklifini rad etdi, deb xabar bermoqda jurnalist Sasha Tavorieri. Klub portugaliyalikning maoshini hozirgi darajasidan yiliga 500 ming evroga oshirishga tayyor edi, ammo o'yinchi bunday shartlardan norozi. Amaldagi shartnoma kelasi yil yozida tugaydi. Mish-mishlarga ko'ra, Bruno'ga Galatasaray» qiziqish bildirmoqda.

Fernandes – Manchester Yunayted»ning kapitani bo'lib, u 2020 yil yanvaridan beri mankunianslar safida o'ynaydi. O'tgan mavsumda u Premyer-ligada 21 assist bilan rekord o'rnatdi.