«Manchester Siti» vingeri Jeremi Doku Angliya Superkubogi o'yinida «Arsenal»ga qarshi o'yinda oyoq mushagidan jarohat oldi va eng kamida keyingi APL o'yinini «Bormut»ga qarshi o'tkazib yuboradi. Bu haqda Nieuwsblad xabar bermoqda.

«Arsenal»ga qarshi o'yinda Doku muvaffaqiyatsiz o'ynadi va tanaffusda almashtirildi. «Manchester Siti» natijada 0:3 hisobida mag'lub bo'ldi.

So'nggi paytlarda Doku nafaqat og'ir nafas yo'llari infeksiyasi bilan kurashdi, balki oyoq bilagidan jarohat oldi. Shu sababli futbolchi jamoa bilan to'liq tayyorgarlik o'ta olmadi.

Klubda ushbu jismoniy muammolar yig'indisi yangi jarohatga olib kelgan bo'lishi mumkin deb hisoblashmoqda.