Markaziy yarim himoyachi Leverkusenning «Bayer» klubi o'yinchisi Esekiyel Palasios o'z karerasini Angliya Premer-ligasida davom ettirishi mumkin. Mashhur insayder Fabrizio Romano xabar berishicha, 27 yoshli argentinalik futbolchiga «Ipsvich» qiziqish bildirmoqda.

Yangi elit divizion klubi allaqachon «farmatsevtlar»ga rasmiy taklif yuborgan va endi javob kutmoqda.

Palasios 2020 yildan buyon nemis klubining ranglarini himoya qilmoqda. O'tgan mavsumda u barcha musobaqalarda 25 ta o'yin o'tkazdi va birta golli uzatmani amalga oshirdi. Transfermarkt portali Palasiosning narxini 25 million evro deb baholamoqda, uning Leverkusen klubi bilan shartnomasi esa 2030 yilgacha amal qiladi.