Yarim himoyachi «Barselona»dan Fermin Lopes 2025 yilda «Chelsi»ga o'tishi haqidagi mish-mishlarga munosabat bildirdi.
«Boshqa klublardan qiziqish bo'lgani yaxshi. Lekin men har doim «Barselona»da o'ynashni xohlayotganimni aytib kelganman,— deydi Lopes diariARA ga.
Fermin Lopes — «Barselona» tarbiyalanuvchisi. O'tgan mavsumda 23 yoshli ispanyol barcha musobaqalarda 48 ta o'yinda maydonga tushib, 13 gol urdi va 17 golli uzatmaga mualliflik qildi.
Yarim himoyachining hozirgi shartnomasi Ispaniya chempioni bilan 2031 yilning o'rtalarigacha amal qiladi. Transfermarkt ma'lumotlariga ko'ra, futbolchining bozor qiymati 100 million evrodir.
