«Manchester Yunayted» kapitan Bruno Fernandesh bilan shartnomani uzaytirishni maqsad qilgan.

Portugaliyalik futbolchining amaldagi shartnomasi kelasi yozda tugaydi va unda bir yilga avtomatik uzaytirish opsiyasi mavjud. Fabrizio Romano tomonidan berilgan ma'lumotlarga ko'ra, «qizil iblislar» yarimhimoyachining vakillari bilan muzokaralarni davom ettirmoqda. Taklif may oyida berilgan va o'shandan beri tomonlar aloqani saqlab kelmoqda.

Iyul va iyun oylarida Bruno Fernandeshni «Galatasaray» va boshqa evropalik klublar o'z saflariga qo'shib olishga harakat qildi, ammo «Manchester Yunayted» o'z yulduzini saqlab qolishga qat'iy qaror qilgan. Sentabrda yarimhimoyachi 32 yoshga to'ladi.