Yarim himoyachi «Chelsi» Enzo Fernande hali ham «Manchester Siti»ning diqqat markazida. Biroq, «shaharchilar» endi argentinalik futbolchi uchun 120 million funtdan (140 million evrodan) ko'proq to'lashlari kerak bo'ladi.
«Manchester Siti» Fernandezni 120 million funtga qo'shib olish imkoniyatini qo'ldan boy berdi – «Chelsi» juma kuni kechqurun uchun oxirgi muddat belgilagan edi. Endi «pensionerlar» o'z o'rnini bosuvchi futbolchini topish uchun vaqt kamaygani sababli, yuqori narx talab qiladilar. Bu haqda jurnalist Matt Lau ma'lum qildi.
Birinchi turda Angliya Premer-ligasida «Chelsi» «Fulxem»ga qarshi safarda o'ynaydi. O'yin 24-avgust, dushanba kuni bo'lib o'tadi.
