O‘yinchi Braytonning asosiy yarim himoyachisi Karlos Baleba yozgi transfer oynasida jamoani tark etishi mumkin.

Daily Mail Sportning xabariga ko‘ra, Brayton 22 yoshli kamerunlik o‘yinchini taxminan 70-76 million evro evaziga qo‘yishga tayyor. O‘yinchiga Manchester Yunayted qiziqmoqda va u bir yildan buyon uni kuzatmoqda. Biroq, avval chaykalar o‘z yarim himoyachisi uchun 117 million evro so‘ragan edi, bu esa bitimni qiyinlashtirgan. Hozirda Baleba uchun Nyukasl ham raqobatga qo‘shildi.

O‘tgan mavsumda Baleba barcha musobaqalarda 35 marta maydonga tushdi, ammo birorta ham samarali harakat amalga oshira olmadi.