«Tottenhem» «Chelsi» hujumchisi Nicolas Jacksonni sotib olishdan voz kechdi.
«Shporlar» 25 yoshli futbolchiga eng asosiy da’vogarlardan biri sifatida ko‘rilgan edi, ammo senegallik futbolchi uchun raqobatda ishtirok etmaslikka qaror qilishdi. Insider Ekrem Konur xabarlariga ko‘ra, «ko‘klar» forvard uchun 70 million evro so‘ramoqda – «Tottenhem» bunday narxni yuqori deb hisoblamoqda.
Xabarlarga ko‘ra, Nicolas Jacksonga qiziqish «Aston Villa» va Madridning «Atletiko»sidan ham kelmoqda. Transfermarkt portali futbolchining narxini 40 million evro deb baholamoqda, uning amaldagi shartnomasi 2033 yilgacha davom etadi.
