Xavbek «Liverpul» Kertis Jones tez orada milanlik «Inter»ga o'tishi mumkin.

Angliyalik futbolchi yozgi transfer oynasi ochilishidan oldin «neradzurri»ga o'tishga rozilik bergan. Klublar o'rtasidagi muzokaralar qiyin kechmoqda, lekin muvaffaqiyatli yakunlanishga yaqinlashmoqda. Jurnalist Janluidji Longari ma'lumotlariga ko'ra, bitimda ishtirok etayotgan vositachilar «Liverpul» oxir-oqibat rozilik berishiga ishonishmoqda. «Inter» esa qat'iyat bilan yangi taklif tayyorlamoqda.

Italiyaning ulkan klubi shartnoma shartlarini Jones bilan to'liq kelishib olgan. Transferning taxminiy qiymati – bonuslarsiz 30 million evro.