«Manchester Siti» kapitani Ruben Dias Angliya Superkubogi o‘yini natijalarini sarhisob qilib, jamoani 0:3 hisobidagi mag‘lubiyatdan so‘ng pozitiv ruhni saqlashga chaqirdi.

«Biz yetarlicha yaxshi o‘ynamadik, bu esa xafa qiladi. Avvalo, bizni qo‘llab-quvvatlagan muxlislarga rahmat aytmoqchiman. Ular uzoq yo‘lni bosib kelishdi», - deydi Dias Sky Sports orqali.

«Bu faqatgina mavsumning boshlanishi, lekin biz yaxshiroq o‘ynashimiz kerak. Hozir ko‘p narsalar o‘zgarayapti, yangi murabbiyimiz bor. O‘yinning boshlanishi darhol o‘yinga yo‘nalish beradi. Raqib o‘zini qulay his qildi».

Marreski boshchiligida yangi davrning boshlanishi haqida:

«Hozir ko‘p pozitiv energiya bor, lekin bizga qancha ish qilishimiz kerakligini ham tushunamiz. Har qanday o‘zgarishda hamma narsa darhol mukammal bo‘lavermaydi, shuning uchun bu davrdan o‘tishimiz, ishlashimiz, muloqot qilishimiz va o‘zaro hamkorlikni o‘rnatishimiz kerak. Men biz to‘g‘ri yo‘lda ekanligimizni his qilyapman, lekin bizni hali ko‘plab sinovlar kutmoqda.

«Pozitiv ruhni saqlashimiz va oldinga qarashimiz kerak. Tez orada APLdagi birinchi o‘yini o‘tkazamiz va biz uni sabrsizlik bilan kutyapmiz».

23-avgustda «Manchester Siti» o‘z uyida «Bournemouth»ni qabul qiladi.