Madriddagi «Real» yarim himoyachisi Eduardo Kamavinga Angliya Premer-ligasiga o'tishi mumkin.

The Athletic ma'lumotlariga ko'ra, fransuz yarim himoyachisi «Manchester Yunayted»ni qiziqtirmoqda. «Slivochnи» Kamavinga uchun takliflarni ko'rib chiqishga tayyor, chunki jamoaning bosh murabbiyi Joze Mourinyo uni o'z loyihasida muhim deb hisoblamaydi. Shuningdek, Kamavingani «Manchester Siti» ham kuzatmoqda.

O'tgan mavsumda 23 yoshli Kamavinga barcha musobaqalarda 43 marta maydonga tushdi, 2 ta gol urdi va 1 ta golli uzatma berdi.

Transfermarkt portaliga ko'ra, yarim himoyachining narxi 50 million evro.