«Manchester Siti» hali ham «Chelsi» yarimhimoyachisi Enzo Fernandessiz qolmoqchi emas.

«Shahar» jamoasi «ko'klar» tomonidan belgilangan muddatga – juma kuni kechqurun 140 million evro atrofida taklif kiritish imkoniyatini o'tkazib yubordi. Shunga qaramay, insayder Fabrizio Romano xabariga ko'ra, «Siti» vakillari argentinalik futbolchidan voz kechmagan va transferni amalga oshirish uchun «Chelsi» bilan bog'lanishda davom etmoqda.

Transfermarkt portali Enzo Fernandessizning qiymatini 100 million evro deb baholamoqda. Londondagi jamoa 2023 yil boshida «Benfika»dan 121 million evro evaziga o'yinchini sotib oldi. 25 yoshli futbolchining amaldagi shartnomasi 2032 yilgacha davom etadi.