«Inter» rasmiy ravishda ingliz himoyachisi Djed Spensning «Tottenhem»dan o‘tishini e'lon qildi.

25 yoshli futbolchi italiyalik klubga doimiy asosda o‘tmoqda. Spens «neradzurri» bilan 2031 yil 30 iyungacha amal qiladigan uzoq muddatli shartnoma imzoladi.

Bu ingliz futbolchisi uchun Seriya Ada ikkinchi marta o‘ynash tajribasi bo‘ladi. 2024 yilning birinchi yarmida Spens ijaraga olib «Djenoa»da o‘ynagan. Shuningdek, Spens Angliya terma jamoasi safida ham o‘ynaydi. Himoyachi milliy jamoada 2025 yil sentyabrda debyut qilgan.

Avvalroq, «Tottenhem» ushbu futbolchi uchun taxminan 30 million evro olishi haqida xabar berilgan edi.