Xavbek «Brighton»dan Djek Xinshelvud Londondagi «Arsenal»da faoliyatini davom ettirishi mumkin.
«Kanonirlar» 21 yoshli «chayka» futbolchisi uchun kurashda yetakchilik qilmoqda, deya xabar bermoqda The Sun. Umidli ingliz futbolchisi poytaxt klubining yangi mavsum boshlanishidan oldin eng muhim transfer maqsadlaridan biriga aylandi. Mikel Arteta o'yinchining ko'p qirraliligidan hayratda va u jamoasi uchun ajoyib qo'shimcha bo'lishini hisoblaydi.
Djek Xinshelvudga qiziqish «Manchester Siti» va «Manchester Yunayted»ga ham bog'langan. Transfermarkt mutaxassislari yosh yarim himoyachining narxini 28 million evro deb baholamoqda.
