Leverkusenning «Bayer» klubining himoyachisi Jarell Kuanza Angliyaga qaytishi mumkin.

Sky Sports ma'lumotlariga ko'ra, 23 yoshli futbolchiga Londondagi «Arsenal» qiziqmoqda va ular allaqachon «Bayer» bilan muzokaralar olib bormoqda. Germaniya klubi o'z himoyachisini qo'yib yubormoqchi emas, shuning uchun «kanonirlar» ingliz futbolchisi uchun katta summani to'lashga majbur bo'ladi.

Kuanza o‘tgan yozda «Bayer»ga «Liverpul»dan o'tdi. O'yinchining narxi «farmatsevtlar» uchun 35 million evroga tushdi.

Leverkusen jamoasi safida Kuanza barcha musobaqalarda 44 o'yinda qatnashdi va besh marta raqib darvozalarini ishg'ol qildi.