O'ng himoyachi «Vest Hem» Aaron Uan-Bissaka «Aston Villa» uchun qiziqish uyg'otmoqda. Ushbu ma'lumotni insayder Fabrizio Romano e'lon qildi.
Manbaning xabariga ko'ra, «Aston Villa» chap himoyachi Matteo Rujeri bilan kelishuvni yakunlagandan so'ng, qarama-qarshi qanotni kuchaytirishga harakat qilmoqda. Hozirda birminhamliklar «Vest Hem» himoyachisi Uan-Bissakaga jiddiy qiziqish bildirmoqda.
O'tgan mavsumda 28 yoshli «moltoboychilar» futbolchisi barcha musobaqalarda 27 uchrashuvda maydonga tushib, uchta golli uzatmani amalga oshirdi.
Transfermarkt portalining mutaxassislari himoyachini 15 million evroga baholamoqda.
