«Manchester Yunayted» klubida yarim himoyachi Bruno Fernandesh bilan xayrlashish niyati yo'q.
«Qizil iblislar» sardorini klubdan ketishi bilan bog'liq mish-mishlar tarqalgan bo'lsa-da, jamoada muhim o'yinchini joriy transfer oynasida qo'yib yuborish niyati yo'q, deb xabar beradi Transfer News Live TEAMtalk manbasiga tayanib. Jamoa bosh murabbiyi Maykl Karik portugaliyalikni loyiha uchun kalit figura deb hisoblaydi. 31 yoshli futbolchi ham qolishga tayyorligini bildirgan.
Bruno Fernandeshning «Manchester Yunayted» bilan mehnat shartnomasi kelasi yozda tugaydi, ammo unda yana bir yilga avtomatik uzaytirish opsiyasi mavjud. O'tgan mavsumda yarim himoyachi 37 uchrashuvda 9 ta gol va 22 assist qayd etdi.
