So‘nggi kunlarda matbuot «Liverpul» yarimhimoyachisi Aleksis Mak Allisterni bir qator klublar bilan – «Manchester Siti» va «Galatasaray» bilan bog‘lagan edi. Biroq, argentinalik futbolchi bu yozda jamoasini o‘zgartirmaydi. Buni Mak Allisterning otasi ma’lum qildi.

Aleksis Mak Allister 2023 yil yozida «Brighton»dan «Liverpul»ga o‘tgan. U uch mavsum davomida «qizillar» safida 150 ta o‘yinda maydonga tushib, 19 ta gol urdi va 20 ta golli uzatmani amalga oshirdi.