Markaziy himoyachi «Bavariya» Kim Min Jae «Aston Villa»ni qiziqtirmoqda. Birmingem klubi bu yozda o'ychining atrofidagi odamlar bilan bir necha bor bog'langan, shu jumladan o'tgan haftada ham, deb xabar bermoqda Transfer News Live tzga tayanib. Shuningdek, janubiy koreyalik futbolchi bilan bog'liq so'rov bilan boshqa Angliya Premer-ligasi vakili - «Nottinngem Forest» ham murojaat qilgan.

«Bavariya» esa, hozirgi transfer oynasida Kim bilan xayrlashishni rejalashtirmayapti. 29 yoshli futbolchining bozor qiymati Transfermarkt portaliga ko'ra 20 million evro deb baholanmoqda, uning Myunxen klubiga bo'lgan amaldagi shartnomasi esa 2028 yilning o'rtalarigacha davom etadi.