«Ipsvich» «Strasburg» bilan hujumchi Julio Enisoning transferi bo'yicha prinsipial kelishuvga erishdi. Bu haqida Sport Witness xabar bermoqda.
22 yoshli paragua tez orada «Ipsvich» klubiga borib, tibbiy ko'rikdan o'tadi.
Jurnalist Markos Gonzalesning ma'lumotlariga ko'ra, transfer summasi 27 dan 30 million evrogacha bo'ladi. Shuningdek, Enisoning ingliz klubi bilan shartnomasi 2031 yilning iyunigacha davom etadi.
O'tgan mavsumda futbolchi 42 o'yinda 12 gol va 9 assist qayd etdi. Enisoning «Ipsvich» bilan tanishligi bor: u avvalgi mavsumda klubda ijarada o'ynagan. U Paragvay terma jamoasi safida 35 o'yinda 5 gol urgan.
