«Manchester Siti» ijtimoiy tarmoqlarda e'lon qildi. Klub o'zining sobiq futbolchisi Mario Balotellini tug'ilgan kuni bilan tabrikladi.

Manchester Sitida Balotelli 2010-2013 yillarda o'ynagan. Ushbu davrda italiyalik 80 rasmiy o'yinda 30 gol urdi va 6 assist berdi.

Hozirda 36 yoshli Mario Balotelli BAAning «Al-Ittifak» klubida o'ynaydi. Italiyalik o'z karerasi davomida intizom bilan bog'liq muammolar tufayli o'z iste'dodini to'liq namoyon eta olmadi.