Amerikalik hujumchi «Monako»dan Folarin Balogun «Tottenhem»da karerasini davom ettirishi mumkin. Bu haqda jurnalist Santi Auna xabar bermoqda.
Agar manbaga ishonilsa, hujumchi Londondagi klubga o'tishga rozi bo'lgan. Ma'lum qilinishicha, Balogun — «Tottenhem»ning ustuvor transfer maqsadi, lekin klub hali rasmiy taklif bermagan. Hozirda barcha tomonlar muzokaralar olib bormoqda.
2025/26-yilgi mavsumda Balogun barcha musobaqalarda 43 o'yin o'tkazib, 19 marta raqiblar darvozasi to'sig'ini yorib, besh gol uzatmasini amalga oshirdi.
Transfermarkt ma'lumotlariga ko'ra, hujumchining narxi 50 million evro.
