Markaziy yarim himoyachi Kortis Jons «Liverpool»ning asosiy transfer maqsadi hisoblanadi. Bu haqda ishonchli manba Fabrizio Romano xabar bermoqda.

Manbaning ma'lumotlariga ko'ra, «Inter» transferni 35 million evro evaziga yakunlashni rejalashtirmoqda, ammo hozircha hech qanday kelishuv yo'q. Aytishlaricha, Italiya chempioni avval Frattesidan voz kechishni xohlaydi, shundan so'ng 25 yoshli ingliz futbolchisini sotib olishga harakat qiladi.

2025/26 yilgi mavsumda Kortis Jons barcha musobaqalarda 49 marta maydonga tushib, uch marta raqiblar darvozasini ishg'ol qildi va uchta golli uzatma berdi.