Braziliyalik yarim himoyachi Yuventusdan Douglas Luis Ligi 1 va APLdan ikki taklifni rad etdi. Bu haqda jurnalist Nikolo Skira xabar bermoqda.

Manbaning ma'lumotlariga ko'ra, 28 yoshli futbolchi Yuventusda qolishga qaror qilgan, chunki hozirda asosiy tarkibda o'z o'rnini egallash uchun yaxshi imkoniyatlari bor.

Oldinroq, Luisni Manchester Yunayted taklif qilishi haqida xabar berilgan edi.

O'tgan mavsumning birinchi qismida Luis Nottinhem Forestda, ikkinchi qismida esa Aston Villada ijarada o'ynadi. Umuman olganda, u barcha musobaqalarda 34 uchrashuvda maydonga tushib, bir gol urdi va ikki golli uzatmani amalga oshirdi.