«Manchester Siti» yarim himoyachisi Rodri Ernandes yaqin vaqt ichida «Barselona» futbolchisi bo'lishi mumkin.
Oldinroq ma'lum qilinganidek, kataloniyalik klub 30 yoshli ispaniyaga «shaharchilar»ga yangi taklif yuborgan.
Insayder Nikolo Skira ma'lumotlariga ko'ra, «Barselona» kelishuvni haftaning oxirigacha yakunlashga ishonch bildirgan. Hozirda tomonlar oxirgi tafsilotlarni kelishmoqda. Manbaning ma'lumotiga ko'ra, transfer summasi 60-70 million evroni tashkil etadi. Bugun klublar o'rtasida yangi to'g'ridan-to'g'ri muzokaralar kutilyapti.
Rodri allaqachon «Barselona» bilan 2030 yilgacha mehnat shartnomasini kelishib olgan. Agar shartnoma imzolansa, yarim himoyachi yiliga 15 million evro maosh oladi.
