«Fulhem» tarkibi yangi futbolchi bilan to'ldirildi. U 22 yoshli Shi Charls bo'lib, markaziy yarimhimoyachi pozitsiyasida o'ynaydi. Tegishli ma'lumot ingliz klubining rasmiy saytida e'lon qilindi.

Shimoliy Irlandiya terma jamoasining o'yinchisi 2031 yilning yozigacha mo'ljallangan mehnat shartnomasini imzoladi. Shartnomada yana 12 oylik uzaytirish opsiyasi ham mavjud. «Dachniklar» formasida Charls 19-raqam ostida o'ynaydi.

O'tgan mavsumda yarimhimoyachi «Sautgempton» jamoasida o'ynagan. Chempionship doirasida Charls 33 ta o'yinda maydonga tushib, to'rt gol urgan. Mish-mishlarga ko'ra, «Muqaddaslar» o'z o'yinchisi uchun 30 million funt olgan.