«Yuve ntus»ning yangi o'yinchisi Randall Kolo-Muani Londondagi «Tottenxem»dagi qiyin davri haqida fikr bildirdi.
«O'yinchi karerasida bunday holatlar bo'lib turadi, lekin tan olaman, «Yuve ntus»ga qaytish istagi meni chalg'itdi. Bu yerda bo'lishdan xursandman», — dedi fransuz hujumchisi Tuttosportga bergan intervyusida.
O'tgan mavsumda Kolo-Muani «Tottenxem»da ijarada o'ynadi. «Shporlar» safida u 41 o'yin o'tkazib, beshta gol urdi va to'rtta golli uzatma berdi.
Bu yozda 27 yoshli hujumchi «Pari Sen-Jermen»dan «Yuve ntus»ga o'tdi va Turin klubi bilan 2031 yilgacha shartnoma imzoladi.
