«Tottenxem» himoyachisi Jed Spens Italiya «Milan»iga o'tishi mumkin. Bu haqda jurnalist Ekrem Konur xabar bermoqda.
Manbaning ma'lumotlariga ko'ra, «rossoneri» 26 yoshli futbolchini sotib olishga qiziqmoqda, uni «shporlar» taxminan 50 million evroga baholamoqda. Shuningdek, himoyachiga «Inter» ham qiziqish bildirgan.
Avvalroq Spens uchun «Roma» ham qiziqish bildirgan edi, ammo rimliklar «Tottenxem»ning moliyaviy talablarini qondirishga tayyor bo'lmagan. Bundan tashqari, o'yinchi «Liverpul» va «Manchester Yunayted»ga taklif qilingan. Mersisaydliklar darhol Spensdan voz kechishdi, «qizil iblislar» esa hozircha hech qanday javob bermagan.
O'tgan mavsumda himoyachi barcha musobaqalarda 44 ta o'yin o'tkazdi va hech qanday samarali harakat ko'rsatmagan.
