«Chelsi» futbolchisi Pedru Netu «Arsenal»ni qiziqtirmoqda. «Kanonirlar» bosh murabbiyi Mikel Arteta yozgi transfer oynasining oxirgi haftalarida hujumni kuchaytirishni rejalashtirmoqda va portugalik futbolchi ko'rib chiqilayotgan nomzodlar qatorida, deb xabar bermoqda Transfer News Live jurnalisti Saymon Fillipsga tayanib. «Chelsi» 26 yoshli qanotchini sotishga shoshilmayapti, lekin takliflarni ko'rib chiqishga tayyor, o'z navbatida, o'yinchi ham ketish imkoniyatini inkor etmayapti.

Pedru Netu uchun avvalroq «Manchester Siti», «Liverpul» va «Tottenxem» kabi jamoalar ham da'vogarlik qilgan edi. Transfermarkt portali eks-«Vulverxempton» yulduzining hozirgi qiymatini 60 million evro deb baholamoqda.