O'ng himoyachi Ektor Fort «Barselona»dan Angliya Premer-ligasida davom ettirishi mumkin.
20 yoshli futbolchini Everton xarid qilishni xohlayotgani haqida jurnalist Sebastyen Vidal xabar bermoqda. Katalon klubi bu yozda o'z tarbiyalanuvchisi bilan xayrlashishga tayyor, chunki u asosiy tarkibda o'rin olish imkoniyatiga ega emas.
Ektor Fort uchun «Fulxem» va milanlik «Inter» ham qiziqish bildirmoqda. O'tgan mavsumda u «Elche»da ijarada o'ynadi, ammo jarohatlar tufayli maydonga atigi 17 marta tushdi, bu vaqt ichida uchta gol urdi va ikki assist berdi.
