«Barselona» tez orada «Manchester Siti» yarimhimoyachisi Rodrining transferi ustida ishni yakunlamoqchi.
Klub o'rtasidagi muzokaralar ilg'or bosqichda, deb xabar bermoqda insayder Ben Jeykobs. Bugun tomonlar ispaniyalik futbolchining o'tishi bo'yicha ijobiy muzokaralar o'tkazishdi. Hozirda kelishuv umumiy qiymati 65 million evrodan oshadigan shartnoma ustida muhokama qilinmoqda. Kataloniyalik klub Rodrining transferini yaqin soat yoki kunlar ichida yakunlashni maqsad qilgan.
Avvalroq, o'z navbatida, o'yinchi o'z karerasini aynan «Barselona»da davom ettirishga qiziqish bildirgani haqida ma'lumotlar bo'lgan. Shuningdek, Rodri allaqachon kataloniyaliklar bilan shaxsiy shartnoma shartlari bo'yicha kelishuvga erishgani haqida xabar berilgan.
