Hujumchi Endrik hali ham «Real»dan yozgi transfer oynasi yopilishidan oldin ketishi mumkin. Ijtimoiy tarmoqlarda jurnalist Ben Jeykobsning ma'lum qilishicha, «Aston Villa» Endrikni ijaraga olishga qiziqmoqda.
2026/2027 yilgi mavsumda «Aston Villa» Angliyani Chempionlar Ligasida namoyish etadi. Albatta, birminhamliklar o'z tarkiblarini kuchaytirishni xohlashadi.
Jeykobs shuni ta'kidlaydi-ki, 19 yoshli Endrikka «Roma» ham qiziqish bildirmoqda. Rimliklar ham Chempionlar Ligasida ishtirok etishga tayyorgarlik ko'rishmoqda.
Jurnalist shuni ta'kidlaydi: Endrik va «Real» hozirda hujumchini yangi ijaraga berish imkoniyatini ko'rib chiqishmoqda. O'tgan mavsumning ikkinchi yarmida braziliyalik futbolchi «Lion»da o'ynagan.
