«Monako» hujumchisi Folarin Balogun Londondagi «Tottenxem»ga taklif qilingan. Ushbu ma'lumotni Football Insider tarqatmoqda.

Agar manbaga ishonilsa, 25 yoshli amerikalik yangi chaqiruvga tayyor, shuning uchun uning vakillari vositachilar orqali «Tottenxem» bilan bog'langan. «Shporlarga» hujumchini qo'shib olish taklif qilingan, lekin hozirda bitimning amalga oshishi ehtimoli past hisoblanadi. Londondagi klubning kuchaytirish uchun boshqa nomzodlari ham borligi ta'kidlangan.

O'tgan mavsumda Balogun barcha musobaqalarda 43 uchrashuvda ishtirok etib, 19 marta raqib darvozasini ishg'ol qildi va beshta golli uzatmani amalga oshirdi.