Markaziy himoyachi «Chelsi» Tosing Adarabioyo «Benfika»da o'z karerasini davom ettirishi mumkin. Bu haqda Correio da Manha xabar bermoqda.

Manbaning ma'lumotlariga ko'ra, 28 yoshli futbolchiga shaxsan «Benfika» bosh murabbiyi Marku Silva qiziqmoqda. Adarabioyo avval ham portugaliyalik mutaxassis boshqaruvida Londondagi «Fulxem»da o'ynagan.

O'tgan mavsumda Adarabioyo barcha musobaqalarda 29 ta o'yinda qatnashib, ikki gol urdi.

Himoyachining «Chelsi» bilan amaldagi shartnomasi 2028 yilgacha davom etadi. Transfermarkt nufuzli portali mutaxassislari futbolchini 16 million evroga baholamoqda.